Online Education rmmk.uz

“ОБЕСПЕЧИМ ЗДОРОВУЮ ПСИХОЛОГО-СОЦИАЛЬНУЮ РАБОЧУЮ СРЕДУ”

“ОБЕСПЕЧИМ ЗДОРОВУЮ ПСИХОЛОГО-СОЦИАЛЬНУЮ РАБОЧУЮ СРЕДУ”

Скачать

“ОБЕСПЕЧИМ ЗДОРОВУЮ ПСИХОЛОГО-СОЦИАЛЬНУЮ РАБОЧУЮ СРЕДУ”

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida, avvalo, inson qadri, uning huquq va manfaatlari turibdi. Mamlakatimizda mehnat munosabatlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining yangi tahrirda qabul qilinishi inson manfaatlarini ta’minlash borasida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatlarda munosib mehnat sharoiti, adolatli mehnat munosabatlari, xavfsizlik, ijtimoiy himoya va inson qadri ustuvor yo‘nalish sifatida mustahkamlandi.

Shu bilan birga, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yangi qarorlarning qabul qilinishi orqali ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish, mehnat xavfsizligi sohasida profilaktik yondashuvni kuchaytirish, xodimlar salomatligini muhofaza qilishga doir talablarni zamonaviy standartlar asosida qayta ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mehnat inspeksiyasi faoliyatini xavfni kamaytirishga asoslangan yondashuvlar asosida qayta tashkil etish, nazorat jarayonlarini raqamlashtirish, tahlilga asoslangan boshqaruvni joriy etish ham mazkur sohadagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Bugungi kunda, mehnatni muhofaza qilish tizimi faqat qoidabuzarlikni aniqlovchi yoki jazolovchi mexanizm emas, balki xavflarni oldindan baholovchi, ularning oldini oluvchi va ish beruvchi hamda xodimlar uchun amaliy ko‘mak beruvchi samarali tizimga aylanishi zarur.

Эргашев Тохир Нематович фалсафа доктори (PhD) диссертацияси ҳимояси ҳақида эълон

Эргашев Тохир Нематович фалсафа доктори (PhD) ди...

Подробнее

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi h...

Подробнее