“MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI
Yuklab olishXALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI
Xalqaro konferensiya 28-aprel “Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan xorijiy davlatlarda va respublikamizda mehnatni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish maqsadida, sohada mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish еchimlarini ta’minlashga bag‘ishlangan.
Xalqaro konferensiya mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish va boshqarishning istiqbollari, muammolari, еchimlarini ishlab chiqish, mehnat muhofazasining ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish muammolarini hal etishda tadqiqotlarning o‘rnini yoritib berish, zamonaviy mehnat bozori shakillanishi: muammolar va istiqboldagi vazifalarni belgilab olish hamda mehnat muhofazasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha )ni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida o‘tkazildi.